Yo'nalishni tanlash

Harvard — yagona yo'l emas

O'zingizga qiziq universitetlarni tanlang — qabul foizi, o'qish puli, moliyaviy yordam va til talablari yonma-yon chiqadi. Ro'yxatda — ta universitet bor.

1-qadam

Taqqoslash uchun tanlang

2 tadan 4 tagacha universitet tanlang. Tanlovingiz shu brauzerda saqlanadi — keyingi safar ochganingizda joyida turadi.

2-qadam

Yonma-yon taqqoslash

Raqamlar taxminiy va har yili o'zgaradi. Har bir ustundagi havola sizni o'sha universitetning rasmiy qabul sahifasiga olib boradi — aniq ma'lumotni doim o'sha yerdan tekshiring.

Yuqoridan kamida 2 ta universitet tanlang.

Xulosa

Qaysi birini tanlash kerak?

Agar moliyaviy yordam hal qiluvchi bo'lsa

Ivy+ yoki Yevropa

Harvard, MIT, Yale kabi boy universitetlar xalqaro talabaning ham to'liq ehtiyojini qoplaydi. Germaniyaning davlat universitetlarida esa o'qish deyarli bepul — lekin ko'p dasturda nemis tili talab qilinadi.

Agar ariza jarayonini soddaroq xohlasangiz

Buyuk Britaniya (UCAS)

Bitta UCAS arizasi va bitta shaxsiy insho bilan 5 tagacha universitetga murojaat qilasiz — AQSH tizimidan sezilarli soddaroq, lekin moliyaviy yordam ancha kam.

Agar SAT/ACT tayyorlashni xohlamasangiz

Yevropa, Koreya yoki Turkiya

Bu yo'nalishlarning ko'pida standart test talab qilinmaydi — o'rniga maktab natijalari, til sertifikati va motivatsion insho hal qiladi.

Agar hali maktabda o'qiyotgan bo'lsangiz

Avval FLEX

FLEX orqali AQShda bir yil o'qib, til darajangizni va tajribangizni oshirasiz — keyin yuqoridagi istalgan yo'nalishga ancha kuchli ariza bilan chiqasiz.

Keyingi qadam

Batafsil o'qing